Abstract
Ushbu tezisda O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida geografik ko'rsatkichlarning intellektual mulk ob'ekti sifatidagi huquqiy maqomi keng va atroflicha tahlil qilingan. Amaldagi qonunchilikdagi tizimli bo'shliqlar, jumladan Fuqarolik kodeksida geografik ko'rsatkichlarga maxsus normalarning yo'qligi muammo sifatida ko'rsatilgan. Xorijiy davlatlar — Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo'shma Shtatlari, Xitoy va Turkiya tajribasi qiyosiy huquqiy tahlil asosida o'rganilgan. Tahlil natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha muayyan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.