Abstract
Zamonaviy tibbiy ta’lim tizimida bo‘lajak tibbiyot xodimlarining diagnostik kompetentsiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu kompetentsiyalarni shakllantirishda fanlararo integratsiya asosiy omillardan biri hisoblanadi. Diagnostik faoliyat klinik, biologik, farmakologik va texnologik bilimlarning uyg‘unlashuvini talab qiladi. Maqolada diagnostik kompetentsiyalarni rivojlantirishda fanlararo yondashuvning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, muammoga asoslangan ta’lim (PBL), simulyatsion metodlar, case-study va raqamli texnologiyalar asosidagi metodikalar samaradorligi yoritilgan.