Abstract
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining samarasi, eng avvalo mulkiy munosabatlarning o’zgarishi, turli xo’jalik yuritish shakllarining rivojlanishi va buning uchun davlat bosh islohotchi sifatida iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berayotganligi bilan izohlanadi.. Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan iqtisodiy imkoniyatlarni kuchaytirishga g’oyat katta e’tibor berib kelinmoqda. Bu borada ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirish, boshqarish, tartibga solishga muhim o’rin berildi.