GRADUONIMIYANI KOGNITIV O'RGANISHNING ZAMONAVIY PARADIGMALARI
PDF

Keywords

Graduonimiya, kognitiv tilshunoslik, semantik maydon, konsept, gradatsiya, intensifikatsiya, psixolingvistika, pragmatika, freym, konseptual metafora, til va tafakkur, lingvokognitiv tahlil.

How to Cite

Xoldarova Nodiraxon Husanboy qizi. (2026). GRADUONIMIYANI KOGNITIV O’RGANISHNING ZAMONAVIY PARADIGMALARI. RUSSIA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(13), 11-16. https://e-conferences.org/index.php/rus/article/view/893

Abstract

Mazkur maqolada tilshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan graduonimiya hodisasining kognitiv jihatlari zamonaviy ilmiy paradigmalarda tahlil qilinadi. Xususan, graduonimik munosabatlarning inson tafakkuri, idrok jarayonlari va konseptual tizim bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqot davomida graduonimiyaning semantik maydondagi o‘rni, uning bosqichma-bosqichlik xususiyati hamda intensifikatsiya va differensiallashuv jarayonlaridagi roli izohlanadi. Shuningdek, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika va pragmatika nuqtai nazaridan graduonimik birliklarning nutqdagi funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy paradigmalarda til birliklarining nafaqat formal, balki konseptual va mental modellarga asoslangan holda o‘rganilishi muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlanadi. Maqolada graduonimiya hodisasini konseptual metafora, freym va ssenariy nazariyalari asosida izohlashga alohida e’tibor qaratilgan. Natijada graduonimiya insonning dunyoni bosqichli va gradatsion tarzda idrok etishini aks ettiruvchi muhim lingvokognitiv vosita sifatida talqin qilinadi.

PDF