Abstract
Mazkur maqolada Buxoro amirligining XIX asr – XX asr boshlaridagi tashqi savdo aloqalarida afg‘on savdogarlarning tutgan o‘rni xalqaro manbalar asosida o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi afg‘on savdogarlarning Buxoro, Hindiston, Kashmir, Eron va Rossiya o‘rtasidagi savdo jarayonlaridagi faoliyatini, ularning olib borgan asosiy tovar turlarini va savdo yo‘nalishlarini tahlil qilishdan iborat. Maqolada tarixiy-taqqosiy metod qo‘llanilib, E.K. Meyendorf, A. Byorns, I.V. Vitkevich kabi sayyoh va diplomatlarning arxiv ma’lumotlari hamda asarlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, afg‘on savdogarlar nafaqat Buxoro bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi, balki butun Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi savdoda muhim vositachi rol o‘ynagan. Ularning faoliyati Buxoro amirligini xalqaro savdo tarmoqlariga ulab, uning iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, afg‘on savdogarlar Buxoro amirligining mintaqaviy iqtisodiyotdagi integratsiyasini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo‘lgan.