Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirishda elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqishga qaratilgan. Unda boshlang‘ich ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning dolzarbligi asoslab berilgan bo‘lib, asosiy maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida zamonaviy elektron ta’lim resurslari (ETR) orqali raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetentligini shakllantirishning nazariy-metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliy imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat. Ishda ETRlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning o‘qituvchi kompetentligini rivojlantirishdagi salohiyati, shuningdek, interaktiv o‘quv materiallari, virtual laboratoriyalar, onlayn platformalar kabi vositalarning pedagogik jarayondagi ahamiyati tahlil qilingan.