Abstract
Sovuq urush (1947–1991) xalqaro munosabatlarda global kuch muvozanatini keskin o‘zgartirgan davr bo‘ldi. Ushbu davrda dunyo ikki yirik geosiyosiy blok – AQSh boshchiligidagi kapitalistik G‘arb va Sovet Ittifoqi yetakchiligidagi sotsialistik Sharq o‘rtasidagi raqobat maydoniga aylandi. Bu qarama-qarshilik nafaqat harbiy-texnologik sohada, balki iqtisodiy, mafkuraviy va diplomatik yo‘nalishlarda ham namoyon bo‘ldi.