Abstract
Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining lalmikor maydondagi tajriba dalasida qattiq bug‘doyning F2 duragay avlodlarida o‘simlik bo‘yi va 1000 dona don vaznining nasldan-naslga o‘tish ko‘rsatkichlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra qattiq bug‘doyning F2 duragay avlodlarida o‘simlik bo‘yi va 1000 dona don vaznining nasldan-naslga o‘tish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan duragaylari tanlab olingan.