Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy oliy ta’lim tizimida strategik boshqaruvning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Strategik boshqaruv ta’lim muassasasining uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlovchi, resurslardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini oshirish hamda tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashishni nazarda tutuvchi kompleks boshqaruv mexanizmi sifatida talqin etilgan. Maqolada strategik boshqaruvning akademik, tashkiliy, moliyaviy va innovatsion jarayonlarni yagona tizim asosida integratsiyalashdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv samaradorligini oshirish, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.