Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani mustaqillikdan so‘nggi davrda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dinamikasi tahlil qilingan. Jumladan, aholi joylashuvi va o‘sishi, xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanish tendensiyalari, qishloq xo‘jaligining zamonaviylashuvi, infratuzilmaning modernizatsiyasi, yer hamda suv resurslaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim xulosalar bayon etilgan.