Abstract
Ushbu tezis birlamchi va ikkilamchi antikovgulyantlarning pediatriya amaliyotida qo‘llanilishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bolalarda tromboembolik kasalliklarning oldini olish va davolashda antikovgulyant terapiyasining ahamiyati, preparatlar tanlash mezonlari, dozalash xususiyatlari va xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy klinik ko‘rsatmalar asosida birlamchi (geparin, past molekulyar vaznga ega geparin) va ikkilamchi (varfarin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘iz orqali qabul qilinadigan antikovgulyantlar) preparatlarning bolalar organizmiga ta'siri tahlil qilingan.