Abstract
Ushbu tezisda audio va videotexnologiyalar ixtisosligi talabalariga muhandislik geometriyasi kursini o‘qitishda interaktiv multimedia vositalaridan foydalanishning ta'limiy samaradorligi keng tahlil qilingan. Tadqiqot davomida an'anaviy darslik yondashuvi bilan animatsion video-ma'ruzalar, interaktiv geometrik konstruksiyalar va ekran yozib olish (screencasting) texnologiyalarini qo‘llagan guruhlar o‘rtasida taqqoslov kuzatuvi amalga oshirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, multimedia elementlari — xususan, dinamik proyeksion tasvir va animatsion kesma-qirqimlar — talabalarning fazoviy tasavvurini va chizmalarni o‘qish ko‘nikmalarini sezilarli oshiradi.