Abstract
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda xususiy ta’lim tizimida kuzatilayotgan malakali kadrlar nomutanosibligi muammosi hamda uning ta’lim sifati va ustuvor yo‘nalishlarga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayniqsa axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi “Ustudy” IT akademiyasi misolida xususiy ta’lim muassasalarida kadrlar salohiyati, pedagogik kompetensiyalar, amaliy tajriba va metodik tayyorgarlik o‘rtasidagi tafovutlar ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada xususiy sektor ta’limida tezkor rivojlanish, talab yuqoriligi va kadrlar bozoridagi raqobat natijasida yuzaga kelayotgan nomutanosiblik tendensiyalari ochib beriladi. Shuningdek, kadrlar tanlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlaridagi muammolar ta’lim sifati, o‘quv jarayonining samaradorligi va o‘quvchilar bilim natijalariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida xususiy ta’lim tizimida kadrlar siyosatini takomillashtirish, pedagogik va amaliy kompetensiyalar uyg‘unligini ta’minlash, hamda ta’lim sifatini barqarorlashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar ilgari suriladi.