Abstract
Ushbu maqolada sovet mustamlakachiligi davrida ko‘p bolali onalarni ijtimoiy himoyalash, ayniqsa, ikkinchi jahon urushi davridan so‘ng urushda halok bo‘lgan jangchilar hamda harbiy xizmatchilarning oila-a’zola-riga, jumladan bolalarini oziq-ovqat ta’minoti, kiyim-kechak va boshqa za-rur mahsulotlar bilan ta’minlash siyosatining o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ayniqsa, ko‘p bolali onalarni moddiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nafaqalar to‘lashning sovet qonunchiligi asoslari va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilib berilgan.