Abstract
Ushbu tezisda autentik video materiallar, xususan, “TED Talks” videolarining ingliz tili o‘qitish jarayonidagi samarali qo‘llanilish usullari va ularning ilmiy-pedagogik afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotda autentik materiallarning o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, motivatsiyani oshirish va real til muhitini ta’minlashdagi o‘rni o‘rganiladi. “TED Talks” videolari misolida zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqilib, o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar beriladi. Ish ilmiy adabiyotlar va empirik ma’lumotlarga asoslanadi.