Abstract
Ushbu tezisda loyihaga asoslangan ta’lim (Project-Based Learning – PBL) metodi orqali ingliz tilida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning samaradorligi tahlil qilinadi. PBL metodi o‘quvchilarni markazga qo‘ygan, ularni real hayotiy muammolarni hal qilishga jalb etgan va bu orqali o‘quv jarayonini mazmunli va faol qiladi. Tadqiqot davomida PBL metodining til o‘rganishda ayniqsa “speaking” (gapirish) ko‘nikmasini rivojlantirishdagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, metodning didaktik imkoniyatlari, o‘qituvchining roli va o‘quvchi motivatsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Amaliy tajriba natijalari esa bu metod orqali talabalarning mustaqil fikrlash, jamoaviy ishlash va erkin muloqot qilish qobiliyatlari sezilarli darajada rivojlanishini ko‘rsatdi.