Abstract
Ma’lumki, XV–XVI asrlarda Movarounnahr adabiy jarayoni o‘zidan avvalgi ilmiy-adabiy an’analarni izchil davom ettirdi. Shu bilan birga, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi voqealar va ularning ortidan yuzaga kelgan o‘zgarishlar, adabiy-estetik qarashlardagi rang-baranglik mazkur davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyat va tamoyillarini belgilab berdi. Bu davr adabiy jarayoni aynan shu yo‘nalishda shakllanib, taraqqiy topdi. Adabiy muhitning yuzaga kelishi, tabiiyki, yirik ijodkorlar faoliyati va ular atrofida tashkil topgan ijodiy maktablar bilan bevosita bog‘liqdir. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida tarixiy shaxslar, hukmdorlar haqida ma’lumot berar ekan, ayni shu saroylardagi adabiy muhitga ham e’tibor qaratadi va o‘z shaxsiy munosabatini ifodalaydi.