Abstract
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan matnlarga insonning emotsional munosabati zamonaviy psixologiya va texnologiya chorrahasidagi dolzarb mavzudir. Ushbu maqola sun’iy intellekt generatsiya qilgan kontentga insonning reaktsiyalarini kognitiv, emotsional va ijtimoiy jihatlardan tahlil qiladi. Sun’iy intellekt matnlari bilan muloqotda kuzatiladigan asosiy psixologik hodisalar – kognitiv dissonans (inson bilishi va hissiyoti oʻrtasidagi ziddiyat), empatiya etishmovchiligi ("mashina his qilmaydi" degan tushuncha) va ijodiy adolatsizlik hissi (sun’iy intellektga nisbatan rashk yoki qoʻrquv) oʻrganiladi. Maqolada shuningdek, sun’iy intellekt yordamida yozilgan sheʼrlar, hikoyalar yoki terapevtik maslahatlarga odamlarning munosabati, ularning professional identifikatsiyasi va ijtimoiy tasdiqlash ehtiyojlari qanday oʻzgarishi masalalari yoritiladi.