Abstract
Ushbu maqolada Navye-Stoks tenglamalari va ularning muhandislik sohasidagi amaliy ahamiyati yoritilgan. Suyuqlik va gazlar harakati nazariyasining asosini tashkil qiluvchi bu tenglamalar aerodinamika, gidravlika, issiqlik almashinuvi, turbinalar, dvigatellar, sovutish tizimlari va boshqa ko‘plab texnik tizimlar dizaynida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, maqolada mavzuga oid yetuk olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilinadi, mavzuning dolzarbligi asoslanadi hamda mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.