ANʼANAVIY VA ZAMONAVIY TAʼLIM METODLARI ORQALI OʻQUVCHILARNING TIL KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
PDF

Keywords

til koʻnikmalari, anʼanaviy metodlar, zamonaviy metodlar, kommunikativ yondashuv, tinglash, gapirish, oʻqish, yozish, taʼlim samaradorligi, boshlangʻich sinf, qiyosiy tahlil.

How to Cite

Vohidova Muhayyo Nuriddin qizi. (2026). ANʼANAVIY VA ZAMONAVIY TAʼLIM METODLARI ORQALI OʻQUVCHILARNING TIL KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH. FRANCE - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(13), 34-38. https://e-conferences.org/index.php/france/article/view/896

Abstract

Ushbu maqola oʻquvchilarning til koʻnikmalarini (tinglash, gapirish, oʻqish, yozish) rivojlantirishda anʼanaviy va zamonaviy taʼlim metodlarining oʻziga xos xususiyatlari, afzalliklari va samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda har ikki yondashuvning nazariy asoslari koʻrib chiqilgan va ularni amaliyotda qoʻllash natijalari oʻrganilgan. Pedagogik eksperiment natijalari shuni koʻrsatdiki, anʼanaviy metodlar maʼlum til qoidalarini oʻzlashtirishda samarali boʻlsa-da, zamonaviy, interfaol va kommunikativ metodlar oʻquvchilarda real muloqot qobiliyatini, nutq faolligini va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda ustunlikka ega. Maqola xulosalari til oʻqitish jarayonida anʼanaviy va zamonaviy metodlarni oqilona uygʻunlashtirish oʻquvchilarning til koʻnikmalarini har tomonlama va samarali rivojlantirish uchun eng maqbul yondashuv ekanligini taʼkidlaydi.

PDF