Abstract
Mazkur tezisda PISA (Programme for International Student Assessment) modeli asosida o‘quvchilarning ilmiy savodxonligi, uning tarkibiy komponentlari va zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ilmiy savodxonlik o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki ularni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Individual xususiyatlar va motivatsiya ilmiy savodxonlikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.