Abstract
Mazkur maqola Uygʻonish davri teatrining oʻziga xos spetsifik xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda XV–XVII asrlarda Gʻarbiy Yevropada (asosan, Italiya, Angliya va Ispaniya misolida) teatr sanʼatining taraqqiyoti, antik me’rosning qayta tiklanishi va gumanistik gʻoyalarning sahna vositalari bilan ifodalanishi oʻrganiladi. Maqolada Uygʻonish davri teatrining meʼmorchilik yechimlari, sahna dizayni, dramaturgiya janrlari va aktyorlik mahoratidagi yangilanishlar yoritilgan. Xususan, Italiyada perspektiv sahna koʻrinishlari va opera janrining paydo boʻlishi, Angliyada Shekspir teatri (“Globus”) ning tuzilishi va Ispaniyada Lope de Vega dramaturgiyasining oʻziga xos jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada oʻzbek teatrshunosligining Uygʻonish davri teatriga oid tadqiqotlari ham oʻrganilgan.