Abstract
Mazkur maqolada Qo‘qon jadidlarining faoliyati, ularning XX asr boshlarida Farg‘ona viloyatida ma’rifat, madaniyat va ijtimoiy-siyosiy hayot rivojida tutgan o‘rni tahlil etilgan. Jadidlar islohotchilik harakatining asosiy yo‘nalishlari, yangi maktablar tashkil etish, matbuotni rivojlantirish va milliy ongni shakllantirishdagi hissasi yoritilgan. Shuningdek, Qo‘qon jadidlari jamiyatga an’anaviy qadriyatlarni zamonaviy tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda modernizatsiya g‘oyalarini singdirishga intilganliklari ta’kidlangan.