Abstract
Ushbu tezisda bo‘lajak pedagoglarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya integratsiyasining ahamiyati yoritilgan. Sun’iy intellekt vositalari va raqamli texnologiyalar ta’limni individuallashtirish, ijodiy tafakkurni rag‘batlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, pedagogik ta’lim dasturlarini yangilash, amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish va kreativ loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish yo‘llari taklif etilgan.