Abstract
Ushbu maqolada inklyuziv maktabgacha ta’limda san’at markazlari asosida bolalarning estetik madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. San’at faoliyatining bolalarning estetik idroki, ijodiy tafakkuri, tasavvuri, muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, san’at markazlarini tashkil etishda individual va differensial yondashuv hamda integrativ faoliyatning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan.