Abstract
Mazkur tezis Toshkent shahrida atmosfera havosining mayda dispers zarrachalar (PM2.5, PM10) va qora uglerod (BC) bilan ifloslanishidan yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy zararlarni kompleks baholash metodologiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqot yondashuvida yer usti instrumental monitoringi, OT-21 optik transmissometri yordamida qora uglerodni baholash, masofadan zondlash ma’lumotlari, meteorologik ko‘rsatkichlar, geografik axborot tizimlari (GIS) hamda aholi zichligi ma’lumotlarini integratsiyalash taklif etiladi. Metodologiyaning asosiy zanjiri «emissiya → atmosfera konsentratsiyasi → populyatsion ekspozitsiya → sog‘liq oqibatlari → iqtisodiy zarar» tamoyiliga asoslanadi. Yondashuv ifloslanishning hududiy va mavsumiy o‘zgaruvchanligini baholash, aholining ekspozitsiyasini aniqlash hamda iqtisodiy yo‘qotishlarni tizimli hisoblash imkonini beradi.