Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirishda oila, maktab va jamiyatning o‘zaro hamkorligi hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Oila shaxs tarbiyasining boshlang‘ich maskani, maktab esa tizimli ta’lim va tarbiya beruvchi muhim institut sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, mahalla, ommaviy axborot vositalari, madaniyat muassasalari va jamoat tashkilotlarining yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Milliy qadriyatlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali usullari ham ko‘rib chiqilgan.