SURUNKALI STRESSNING MARKAZIY ASAB TIZIMI VA MIYA FUNKSIYALARIGA TA’SIRI
PDF

Keywords

Surunkali stress, markaziy asab tizimi, gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi o‘qi (HPA o‘qi), kortizol, gipokamp, amigdala, prefrontal korteks, kognitiv buzilishlar, emotsional zo‘riqish, psixosomatik kasalliklar.

How to Cite

Alimirzayev Nodirbek Avazbek o‘g‘li, & Tuxtayeva Ruxshona Tulqinovna. (2026). SURUNKALI STRESSNING MARKAZIY ASAB TIZIMI VA MIYA FUNKSIYALARIGA TA’SIRI. FRANCE - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(15), 4-10. https://e-conferences.org/index.php/france/article/view/979

Abstract

Surunkali stress — uzoq vaqt davom etuvchi psixoemotsional zo‘riqish holati bo‘lib, u markaziy asab tizimi va miya funksiyalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Doimiy stress natijasida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi (HPA) o‘qi faollashib, kortizol gormoni ortiqcha ishlab chiqariladi. Bu esa miya tuzilmalaridan, ayniqsa, gipokamp, amigdala va prefrontal korteks faoliyatining buzilishiga olib keladi. Natijada xotira, diqqat, emotsional barqarorlik va qaror qabul qilish jarayonlari izdan chiqadi. Surunkali stress neyroplastiklikni pasaytiradi, neyronlararo bog‘lanishlarni susaytiradi va ruhiy hamda psixosomatik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, uzoq davom etuvchi stress organizmning turli infeksiyalarga nisbatan chidamliligini kamaytiradi. Shuningdek, vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishi, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar rivojlanishiga zamin yaratadi.Ushbu mavzu markaziy asab tizimida kechadigan funksional va strukturaviy o‘zgarishlarni tahlil qilishga qaratilgan.

PDF