Abstract
Ushbu maqolada steganografiyaning eng keng tarqalgan usuli — Eng kichik ahamiyatli bit (LSB) algoritmi tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida matnli ma’lumotlarni ko‘rinmas holda tasvirlarga joylashtirish mexanizmi, stego-ob’ektning vizual sifati va ma’lumot sig‘imi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilgan. Natijalar PSNR (Peak Signal-to-Noise Ratio) koeffitsienti yordamida tahlil qilinib, usulning kiberxavfsizlikdagi o‘rni belgilangan.