Abstract
Ushbu maqolada xomaki biznes g‘oyani bozor talablariga javob beradigan real mahsulotga aylantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Jarayon g‘oya shakllanishidan boshlab, uni tijoratlashtirishgacha bo‘lgan bir necha muhim bosqichlarni o‘z ichiga oladi, masalan, bozor tahlili va iste’molchi ehtiyojlarini o‘rganish, kontseptsiyani shakllantirish, prototip yaratish hamda mahsulotni sinovdan o‘tkazish. Shuningdek, maqolada startaplar uchun eng kam xarajat bilan maksimal natijaga erishish imkonini beruvchi eng kichik ishchi modelni yaratish strategiyasi va foydalanuvchilar fikri asosida mahsulotni takomillashtirish usullari tahlil qilingan.