Abstract
Zamonaviy ta’lim jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish eng dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi globallashuv sharoitida bilimlarni yod olish emas, balki ularni mustaqil tahlil qilish, qayta ishlash, yangi g‘oyalar yaratish, to‘g‘ri va asosli qaror qabul qilish qobiliyatlari shaxs rivojida hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Shu sababli ta’lim jarayonida o‘quvchining passiv bilim oluvchidan faol bilim yaratuvchi sub’ektga aylanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil fikrlashning shakllanishi bolaga hayotga moslashish, muammoni mustaqil hal qilish, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mas’uliyatlilik va o‘z nuqtai nazarini himoya qilish kabi fazilatlarni beradi. Pedagogika fanida bu jarayonni samarali tashkil etish uchun turli zamonaviy metodlar, interfaol texnologiyalar, o‘yin va muammoli vaziyatlar yaratishning pedagogik imkoniyatlari keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada bolalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishning eng samarali yondashuvlari tahlil qilinadi, amaliy usullar va ta’lim texnologiyalari misollar orqali bayon etiladi.