Abstract
Ushbu maqolada amerikalik taniqli adib Jessi Styuartning “The Storm” hikoyasi ekokritika va ekosentrizm tamoyillari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori insonning tabiat bilan o‘zaro munosabati, antropotsentrik (insonga yo‘naltirilgan) qarashlardan ekosentrik (tabiatga yo‘naltirilgan) tafakkurga o‘tish jarayoniga qaratilgan. Maqolada yozuvchining tabiat elementlarini jonlantirish (personifikatsiya) mahorati, ona tabiatning ham g‘azabkor, ham tarbiyalovchi kuchi badiiy tahlil etilgan. Shuningdek, asar qahramonlarining ichki dunyosida sodir bo‘ladigan transformatsiya tabiatni bo‘ysundirish istagidan u bilan uyg‘unlikda yashash zaruriyatini anglashgacha bo‘lgan yo‘l ochib beriladi. Maqolada Styuart ijodining ekologik ongni shakllantirishdagi ahamiyati va uning bugungi kundagi dolzarbligi asoslab berilgan