ISH VAQTINING MOSLASHUVCHAN SHAKLLARI (FLEXTIME, QISQARTIRILGAN ISH KUNI) VA ULARNING HUQUQIY TARTIBI
PDF

How to Cite

Dadajonova Begim Shavkatjon qizi. (2025). ISH VAQTINING MOSLASHUVCHAN SHAKLLARI (FLEXTIME, QISQARTIRILGAN ISH KUNI) VA ULARNING HUQUQIY TARTIBI. FRANCE - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(9), 24-27. https://e-conferences.org/index.php/france/article/view/583

Abstract

Har qanday mehnat munosabatlarining muhim elementi bu — ish vaqti hisoblanadi. Ish vaqti mehnat qonunchiligi tizimida xodimning mehnat jarayonida sarflaydigan vaqtini belgilovchi asosiy huquqiy kategoriya sifatida e’tirof etiladi. An’anaviy tarzda belgilangan ish kuni va ish haftasi shakllari bugungi kunda jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot, masofaviy ish va bandlikning yangi turlari tufayli o‘zgarishga uchramoqda.So‘nggi yillarda pandemiya, texnologik taraqqiyot va mehnat bozoridagi raqobat ish vaqtining moslashuvchan shakllarini joriy etish zaruratini yanada kuchaytirdi. Flextime (erkin grafik asosida ishlash), qisqartirilgan ish kuni yoki qisqartirilgan ish haftasi kabi shakllar xodimga o‘z vaqtini mustaqil taqsimlash, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday shakllarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri tartibga solish, mehnat intizomi va ish beruvchi manfaatlarini himoya qilish bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ish vaqtining davomiyligi, dam olish vaqti, hamda ayrim toifalar uchun qisqartirilgan ish kuni belgilab qo‘yilgan. Biroq moslashuvchan ish grafiklarining huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, xalqaro mehnat standartlariga muvofiqlashtirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir

PDF