Abstract
Mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish jarayonlari va ularning samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar - yagona soliq hisobi va to‘lovi, onlayn-kassalar, soliq monitoringi, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt va blokcheyn - soliq organlari faoliyatida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlaydi. Raqamli transformatsiya soliq to‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi, ma’muriy yukni kamaytiradi va soliq tushumlarini oshiradi. Shuningdek, soliq organlari bilan raqamli o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, aniq ma’lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan nazoratni kuchaytirish kelgusi rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatiladi.