Abstract
Ishda funksional gradiyentli material (FGM) qoplama yoki oʻzakka ega sendvich plastinkalarning termoelastik egilishiga oid soʻnggi tadqiqotlar tahlil qilinadi. Nazariy modellar, qoplama va oʻzak sxemalari hamda elastik asos va vaqt boʻyicha oʻzgaruvchan harorat yuklari taʼsirini hisobga oluvchi ishlar tizimlashtiriladi. Tahlil asosida FGM sendvich plastinkalarga xos hal etilmagan masalalar ajratib koʻrsatiladi.