Abstract
Ushbu maqola hududiy elektr tarmoqlarida elektr energiyasi uzatish rejimlarini tahlil qilish, tarmoq parametrlarini prognozlash va texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada real hududiy tarmoqlarning o‘lchov ma'lumotlari asosida yuklama grafiklarini modellashtirish, kuchlanish og‘ishlarini aniqlash hamda quvvat isroflarini qisqartirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yechimlar keltirilgan. Tarmoq ishonchliligini oshirish va energiya samaradorligini ta'minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.