Abstract
Mazkur maqolada bolalar huquqlarini ta’minlashning xalqaro-huquqiy mexanizmlarining zamonaviy holati, ularning samaradorligi hamda takomillashtirish istiqbollari tahlil qilingan. BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi, Universal davriy ko‘rib chiqish (UPR) mexanizmi hamda mintaqaviy inson huquqlarini himoya qilish institutlarining faoliyati o‘rganilgan. Shuningdek, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari, O‘zbekiston Respublikasining bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlari va xalqaro hamkorlikdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot yakunida xalqaro mexanizmlar samaradorligini oshirish hamda milliy huquqiy tizimni xalqaro standartlarga yanada yaqinlashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.