Abstract
Mazkur maqolada D.I. Mendeleyev davriy sistemasining uchinchi guruh elementlarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda uchinchi guruh elementlarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rgatishda interfaol metodlar, muammoli ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda vizual modellashtirish vositalaridan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Tajriba-sinov ishlari natijalari zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning bilimlarni chuqur va ongli o‘zlashtirishini, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanishini hamda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishning ortishini ta’minlashini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari kimyo fanini o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishning ilmiy-amaliy ahamiyatini asoslab beradi.