Abstract
Mazkur maqolada Ahmad Yassaviy ijodida ma’rifat tushunchasining badiiy-falsafiy mohiyati tadqiq etilgan. Mutafakkirning “Devoni hikmat” asarida insonning ruhiy kamoloti, axloqiy poklanishi, nafsni tiyish va Haqni anglash masalalari tahlil qilingan. Yassaviy ta’limotida shariat, tariqat, haqiqat va ma’rifat bosqichlari insonning ma’naviy yuksalish yo‘li sifatida talqin etilishi ochib berilgan.