Abstract
Ushbu maqolada o'zbek milliy musiqa san'atining yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Milliy musiqaning tarixiy rivoji va maqom xonandaligini o'rganish orqali bu san'atning o'rni va ahamiyati ko'rsatilgan. Maqolada, shuningdek, o'rta asr musiqashunoslarining ilmiy va musiqa merosi hamda zamonaviy o'zbek kompozitorlarining ijodida milliy musiqa an'analari va maqomlarining qanday qo'llanilayotgani haqida fikrlar bildirilgan.