YOSHLAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH VA MA’NAVIYATINI OSHIRISHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI SHARQ VA G’ARB MUSIQIY ALOQALAR
PDF
DOI

Keywords

Sharq, G‘arb, madaniy aloqalar, Buyuk Ipak yo‘li, ilmiy almashinuv, savdo, san’at, falsafa, Uyg‘onish davri, globalizatsiya, texnologik taraqqiyot, ta’lim, madaniy integratsiya, ilm-fan, tarixiy aloqalar.

How to Cite

Munojatxon Yo‘lchieva. (2025). YOSHLAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH VA MA’NAVIYATINI OSHIRISHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI SHARQ VA G’ARB MUSIQIY ALOQALAR . FRANCE - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(3), 18-24. https://e-conferences.org/index.php/france/article/view/101

Abstract

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalar uzoq tarixga ega bo‘lib, bu ikki sivilizatsiya bir-birining san’ati, adabiyoti va musiqasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Sharq mutafakkirlari, xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino kabi allomalar musiqa nazariyasi va amaliyotiga oid asarlar yaratib, G‘arb musiqashunosligiga katta hissa qo‘shganlar. Buyuk Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arb o‘rtasida musiqa asboblari, uslublar va nazariyalar almashinuvi sodir bo‘lgan. Masalan, Sharqning ud asbobi G‘arbda lutin shaklida rivojlangan. O‘rta asr Yevropasida Sharq musiqasi elementlari, jumladan, maqom tizimi va ritmik strukturalari o‘zlashtirilgan. Bugungi kunda Sharq va G‘arb musiqasi o‘rtasidagi aloqalar globalizatsiya tufayli yanada mustahkamlanib, turli musiqiy janrlar va uslublarning uyg‘unlashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayon musiqa san’atining rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratmoqda.​ Mazkur maqolada Sharq va G‘arb madaniy aloqalarining tarixiy ildizlari, musiqa san’atining rivojlanish bosqichlari va zamonaviy dunyodagi o‘rni tahlil qilinadi.

PDF
DOI