Abstract
Mazkur maqolada mediasavodxonlik vositasida axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirishning ahamiyati yoritiladi. Axborot urushi sharoitida soxta axborot, dezinformatsiya va manipulyativ kontentlarga qarshi turish usullari, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish choralari hamda axborot xavfsizligini mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Mediasavodxonlik orqali shaxs va jamiyat darajasida axborot xurujlariga chidamlilikni oshirishning pedagogik va ijtimoiy-psixologik asoslari tahlil qilinadi.