Abstract
ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda zamonaviy metodlarning ahamiyati va ularning samaradorligi yoritilgan. Nutq — bolaning ijtimoiylashuvi, tafakkuri hamda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim jarayonida kommunikativ metodlar, interfaol texnologiyalar, multimediadan foydalanish, rolli o‘yinlar va STEAM yondashuvi kabi zamonaviy metodlar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda bolalarda nutq faoliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning afzalliklari, amaliyotga joriy etish yo‘llari hamda tarbiyachining kasbiy kompetentligini oshirishdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan.