Abstract
Yosh mavzusi uzoq vaqtdan beri fanlararo tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Rivojlanish psixologiyasi va ijtimoiy psixologiya kabi sohalarda odamlar o‘rtasidagi yosh farqlari ko‘pincha ularning o‘ziga xosligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ijtimoiy antropologiyada ijtimoiy rivojlanishning dastlabki bosqichlaridagi madaniy yosh normalari ko‘pincha og‘zaki an’anada aks ettirilgan. Yosh konsepti mazkur madaniyat vakillari uchun ideal rivojlanish yo‘lini ifodalaydi. Normativ yosh mezonlari vaqt tasavvurlari va kategoriyalar evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zamonaviy fan inson rivojlanishining haqiqiy bosqichiga mos keladigan ham mutlaq (kalendar yoki xronologik) yoshni, ham shartli yoshni e’tirof etadi. Yosh mezonlari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, turli madaniyatlarda farq qiladi[1].
[1] Гагач М.Г. Возрастной символизм и критерии возраста в древних и современных культурах // Культура и образование. – № 3 (26), 2017. – С. 36 – 41.