Abstract
Maqolada 2018–2026-yillarda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar, davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish, boshqaruv va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda raqamlashtirish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, xronologik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Islohotlar samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.