Abstract
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitini yaratish asosida ta’lim oluvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, interfaol elektron resurslardan foydalanish hamda ta’lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitining kreativ fikrlash, muammoli vaziyatlarga nostandart yechim topish, mustaqil qaror qabul qilish va ijodiy faoliyatni amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati asoslangan. Maqolada ta’lim oluvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar, raqamli vositalardan samarali foydalanish shartlari va ta’lim jarayonini innovatsion tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.