Abstract
Maqolada umumta’lim maktablarida formativ (jarayonli) baholashning didaktik salohiyatidan foydalangan holda o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari o‘rganilgan. Muallif mustaqil o‘quv faoliyatini maqsadli, rejalashtiruvchi, ijroviy va kontrol-baholash komponentlari birligi sifatida talqin qiladi. Pedagogik-psixologik adabiyotlarni tahlil qilish va modellashtirish metodlari asosida formativ baholashning besh bosqichli tsikli va mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishning strukturaviy modeli ishlab chiqildi. Baholashning konstruktiv qayta aloqa, o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash mexanizmlari asoslandi. Natijalar o‘qituvchilar amaliyoti uchun metodik tavsiya sifatida foydali bo‘ladi.