Abstract
Ushbu tezisda kreativ iqtisodiyotning iqtisodiy mohiyati, jahon miqyosidagi rivojlanish tendensiyalari hamda uning gender-inklyuziv rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Kreativ industriyalarning ayollar bandligini oshirishdagi ustuvor xususiyatlari asoslab berilgan va O‘zbekiston uchun ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan.