Abstract
Ushbu maqolada yoshlarning ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishida madaniyat, san’at hamda ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rni ilmiy-nazariy va ijtimoiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblangan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda milliy madaniyat, san’at turlari hamda zamonaviy axborot makonining ta’siri ochib beriladi. Madaniyat va san’at orqali yoshlarning estetik didi, dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlari shakllanishi, ommaviy axborot vositalari orqali esa ularning ijtimoiy faolligi va axborot madaniyati rivojlanishi yoritib beriladi. Shuningdek, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborot xurujlari sharoitida OAVning tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Maqolada yoshlarning ma’naviy barkamolligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltiriladi.