SUT BEZI SARATONINING GISTOLOGIK VA BIOLOGIK MEXANIZMLARI: ADABIYOTLAR SHARHI
PDF

Keywords

Ko‘krak bezi saratoni; gistologik klassifikatsiya; invaziv duktal karsinoma; invaziv lobulyar karsinoma; duktal karsinoma in situ; Nottingham tizimi; o‘sma mikromuhitini; desmoplaziya; angiogenez; immun infiltratsiya; epitelial-mezenximal transformatsiya; saraton o‘zak hujayralari.

How to Cite

SUT BEZI SARATONINING GISTOLOGIK VA BIOLOGIK MEXANIZMLARI: ADABIYOTLAR SHARHI (Umarova Zulfiya Xosilovna & Moxinur A’zamova Azimjon qizi , Trans.). (2026). CANADA - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(13), 21-24. https://e-conferences.org/index.php/canada/article/view/890

Abstract

Ko‘krak bezi saratoni (KBS) ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan yomon sifatli o‘smalardan biri hisoblanadi. Ushbu adabiyotlar sharhida KBSning gistologik klassifikatsiyasi, darajalash tizimlari, o‘sma hujayralarini o‘rab turgan va ularning o‘sishi hamda tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hujayraviy va molekulyar omillar — o’sma mikromuhiti tahlil qilindi. Invaziv duktal, invaziv lobulyar va duktal karsinoma in situ shakllari, shuningdek, stromal komponentlar, angiogenez, immun infiltratsiya va epitelial-mezenximal transformatsiya jarayonlari ko‘rib chiqildi. Saraton o’zak hujayrasi konsepsiyasi va molekulyar o‘zgarishlar o‘smaning rivojlanishi, terapiyaga chidamlilik va qaytalanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, gistologik va molekulyar ko‘rsatkichlarni integratsiyalashgan holda baholash KBSning individual prognozi va shaxsga yo‘naltirilgan davolash strategiyasini aniqlashda muhimdir.

PDF